Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan "Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI" tasdiqlangan.
Huquqiy asosi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizom. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori. Qo‘llanishi: Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta’lim muassasalarining mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi.
Huquqiy asosi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori. Qo‘llanishi: Xalqaro olimpiadalarda 1-3-o‘rinni egallagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga test sinovisiz va imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi. Bular: Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO); Xalqaro fizika olimpiadasi – International Physics Olympiad (IPhO); Xalqaro kimyo olimpiadasi – International Chemistry Olympiad (IChO); Xalqaro biologiya olimpiadasi – International Biology Olympiad (IBO); Xalqaro informatika olimpiadasi – International Olympiad in Informatics (IOI). Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi.
Huquqiy asosi: 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi 914-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori. Qo‘llanishi: O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga, ya’ni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi sardorlarga, boshlang‘ich tashkilotlardagi yo‘nalish yetakchilariga, ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlarga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo‘yicha tavsiyanomalar beriladi. Bunda respublika komissiyasi tanlov natijalariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bir nafardan (jami 14 nafar) eng munosib yoshlari tanlab olinadi. Tavsiyanomaga ega O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari Davlat komissiyasining qarori bilan doimiy yashash joyidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi.
Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarori. Qo‘llanishi: Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta’lim tashkilotlarining kimyo, biologiya, fizika va axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi.
Imtiyozlardan foydalanish uchquyidagi shartlarga e'tibor bering: