Loading...

Imtiyoz Kategoriyalari

37
Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari

Huquqiy asosi: Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-yanvardagi 3-son qarori. Qo‘llanishi: Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari pedagogika, moliya-iqtisod sohalari hamda oliy ta’lim muassasalarining “5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga sirtqi ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilinadi. Ular uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari Prezident qarori bilan belgilanadi va oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida qabul qilinadi. Mazkur imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga stipendiya to‘lanmaydi, o‘qish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Mas’ul vakolatli davlat organi:
  • Mas’ul vakolatli davlat organi:
  • Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi.
38
Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar

Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar

Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qarori. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 681-son qarori. Qo‘llanishi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan fuqarolar oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur abituriyentlar uchun ajratilgan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida, tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

Mas’ul vakolatli davlat organi:
  • Mas’ul vakolatli davlat organi:
  • Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
39
Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar

Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarori. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori. Qo‘llanishi: Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha kvotalar doirasida tanlovda ishtirok etadi. Ular uchun hududlar kesimida kvotalar ajratiladi va kvota doirasida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi.

Mas’ul vakolatli davlat organi:
  • Mas’ul vakolatli davlat organi:
  • Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi.
Oldingi Keyingi
⚠️

Muhim Eslatmalar

Imtiyozlardan foydalanish uchquyidagi shartlarga e'tibor bering:

  • Imtiyozlar faqat davlat OTMlariga kirishda amal qiladi
  • Imtiyozlar bir-birini to'ldirmaydi (faqat bittasi tanlanadi)
  • Barcha imtiyozlar uchun tegishli hujjatlar talab qilinadi
  • Imtiyozlar har yili yangilanadi va o'zgarishi mumkin
  • Ariza topshirish vaqti cheklangan bo'lishi mumkin

Ko'p So'raladigan Savollar

Imtiyozlardan bir vaqtning o'zida nechtasidan foydalanish mumkin? +
Qonunga ko'ra, abituriyent bir vaqtning o'zida faqat bitta imtiyozdan foydalanish huquqiga ega. Agar siz bir nechta imtiyozga ega bo'lsangiz, eng yuqori imtiyozni tanlashingiz kerak.
Imtiyoz hujjatlarini qachon topshirish kerak? +
Imtiyoz hujjatlari abituriyent tanlagan OTMning qabul komissiyasiga ariza topshirish bilan bir vaqtda taqdim etilishi kerak. Muddati o'tib ketgan hujjatlar qabul qilinmaydi.
Imtiyozlar maxsus kvota bilan bog'liqmi? +
Ba'zi imtiyozlar maxsus kvotalar bilan bog'liq (masalan, nogironlar uchun), boshqalari esa umumiy tanlovda qo'llaniladi. Har bir OTMning o'z kvota qoidalari mavjud.