Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan "Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI" tasdiqlangan.
Huquqiy asosi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 462-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida” nizom. Qo‘llanishi: Harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida oliy ta’lim muassasalariga kirishda belgilangan qabul ko‘rsatkichlaridan tashqari tanlovsiz davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi.
Huquqiy asosi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3394-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizom. Qo‘llanishi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qism qo‘mondonligi (rahbariyati) va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga asosan har bir harbiy qismdan bir nafardan yuqori natijalarga erishgan yosh harbiy xizmatchi qo‘shimcha davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi.
Huquqiy asosi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 375-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risida” nizom. Qo‘llanishi: Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda tanlovsiz, belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozi beriladi (tavsiyanoma asosida). Tavsiyanoma kunduzgi yoki sirtqi ta’lim shakliga bir marta kirish uchun uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi.
Huquqiy asosi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida” nizom. Qo‘llanishi: Xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari Davlat bojxona qo‘mitasi raisining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga tanlovsiz qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Shuningdek, DBQ raisi xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan bojxona organlari xodimlarining to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan farzandlariga – qolgan o‘quv davri to‘lovkontrakt mablag‘lari miqdorining to‘liq hajmini, xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan farzandlariga – to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdorining ellik foizi miqdorini Davlat bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lab berish huquqiga ega
Imtiyozlardan foydalanish uchquyidagi shartlarga e'tibor bering: