Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan "Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI" tasdiqlangan.
Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarori. Qo‘llanishi: Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta’lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik va jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi.
Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “‘Zakovat’ intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori. Qo‘llanishi: “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor (1–3-o‘rinlar) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, jumladan Prezident ta’lim muassasalari o‘quvchilari belgilangan tartibda: o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalariga; oliy ta’lim muassasalariga; o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari — oliy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga; oliy ta’lim muassasalari talabalari — ta’limning keyingi bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi.
Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 30-noyabrdagi PQ-23-son qarori. Qo‘llanishi: 2022–2023-o‘quv yilidan boshlab ichki ishlar organlarida uch yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlari Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga sirtqi ta’lim shakliga test sinovlarisiz qabul qilinadi (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bundan mustasno). Tavsiyanomaga ega profilaktika (katta) inspektorlari oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlardan tashqari qabul qilinadi.
Huquqiy asosi: Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tan olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 395-son qarori. Qo‘llanishi: Test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihonlar) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro imtihonlar bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi chet tili sertifikatiga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonsiz belgilangan maksimal ball beriladi. Bundan tashqari, Davlat yuridik universiteti uchun IELTS writing moduli 5.5 balldan yuqori bo‘lishi lozim. Imtiyoz amal qiluvchi sertifikatlar: ingliz tili — milliy sertifikat, IELTS, TOEFL iBT, Cambridge Assessment English (FCE, CAE, CPE); yapon tili — milliy sertifikat, JLPT N2; nemis tili — milliy sertifikat, Goethe-Zertifikat, DSD, TestDaF; fransuz tili — milliy sertifikat, DELF, TCF; boshqa tillar — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari. Tegishli fandan beriladigan maksimal ball fanlar majmuasida mazkur fan mavjud bo‘lgan abituriyent tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘rinli hisoblanadi.
Imtiyozlardan foydalanish uchquyidagi shartlarga e'tibor bering: