Loading...

Imtiyoz Kategoriyalari

5
Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti

Respublika va xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari

Huquqiy asosi: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro va respublika tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risida” nizom. Qo‘llanishi: Kattalar va yoshlar o‘rtasida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadilar. Respublika (1-o‘rin) va xalqaro tanlovlar va sport musobaqalarining (Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan) jamoa turlari g‘oliblari o‘z komandalari tarkibidan - akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari bitiruvchilaridan oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch nomzodni belgilaydilar.

Mas’ul vakolatli davlat organi:
  • Mas’ul vakolatli davlat organi: Sportni rivojlantirish vazirligi.
6
Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti

Respublika va xalqaro shaxmat va shashka turnirlari g‘oliblari

Huquqiy asosi: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro va respublika tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risida” nizom. Qo‘llanishi: Respublika (1-o‘rin) va xalqaro (1-5-o‘rinlar) shaxmat va shashka turnirlarida g‘olib chiqqan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari bitiruvchilari pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar. Bunda ularni oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli qabul qilish ta’lim muassasasi ixtisosliklari bilan tanlovlar ixtisosliklari, sport turlarining soha bo‘yicha mos kelishiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

Mas’ul vakolatli davlat organi:
  • Mas’ul vakolatli davlat organi: Sportni rivojlantirish vazirligi
7
Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari

Huquqiy asosi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoni. 2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizom. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori. Qo‘llanishi: Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa magistraturaga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha sinovlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi.

Mas’ul vakolatli davlat organi:
  • Mas’ul vakolatli davlat organi: Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi.
8
Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti

Harbiy xizmatchilar farzandlari

Huquqiy asosi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 462-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida” nizom. Qo‘llanishi: Harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida oliy ta’lim muassasalariga kirishda belgilangan qabul ko‘rsatkichlaridan tashqari tanlovsiz davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi.

Mas’ul vakolatli davlat organi:
  • Mas’ul vakolatli davlat organi: Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, Milliy gvardiya.
Oldingi Keyingi
⚠️

Muhim Eslatmalar

Imtiyozlardan foydalanish uchquyidagi shartlarga e'tibor bering:

  • Imtiyozlar faqat davlat OTMlariga kirishda amal qiladi
  • Imtiyozlar bir-birini to'ldirmaydi (faqat bittasi tanlanadi)
  • Barcha imtiyozlar uchun tegishli hujjatlar talab qilinadi
  • Imtiyozlar har yili yangilanadi va o'zgarishi mumkin
  • Ariza topshirish vaqti cheklangan bo'lishi mumkin

Ko'p So'raladigan Savollar

Imtiyozlardan bir vaqtning o'zida nechtasidan foydalanish mumkin? +
Qonunga ko'ra, abituriyent bir vaqtning o'zida faqat bitta imtiyozdan foydalanish huquqiga ega. Agar siz bir nechta imtiyozga ega bo'lsangiz, eng yuqori imtiyozni tanlashingiz kerak.
Imtiyoz hujjatlarini qachon topshirish kerak? +
Imtiyoz hujjatlari abituriyent tanlagan OTMning qabul komissiyasiga ariza topshirish bilan bir vaqtda taqdim etilishi kerak. Muddati o'tib ketgan hujjatlar qabul qilinmaydi.
Imtiyozlar maxsus kvota bilan bog'liqmi? +
Ba'zi imtiyozlar maxsus kvotalar bilan bog'liq (masalan, nogironlar uchun), boshqalari esa umumiy tanlovda qo'llaniladi. Har bir OTMning o'z kvota qoidalari mavjud.