Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan "Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI" tasdiqlangan.
Huquqiy asosi: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori. Qo‘llanishi: Madaniyat vazirligi huzuridagi respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kasbiy (ijodiy) imtihonlari bo‘yicha eng yuqori ball bilan baholanadi va maksimal ball beriladi. Agar kasbiy (ijodiy) imtihonlardan eng yuqori ball bir nechta fanlardan belgilangan bo‘lsa, abituriyent eng yuqori ballni olish huquqiga ega bo‘ladi. Tegishli fandan beriladigan maksimal ball fanlar majmuasida mazkur fan mavjud bo‘lgan abituriyent tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘rinli hisoblanadi.
Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son farmoni. Qo‘llanishi: “Bolalar sport o‘yinlari” jamoaviy sport turlari bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblariga (1-o‘rin) oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi va ushbu imtiyoz bir yil muddat davomida amal qiladi. Tegishli fandan beriladigan maksimal ball fanlar majmuasida mazkur fan mavjud bo‘lgan abituriyent tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘rinli hisoblanadi.
Huquqiy asosi: Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 22-oktabrdagi 646-son qarori. Qo‘llanishi: Umumta’lim fanidan milliy baholash test sinovlari natijasiga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddat davomida amal qiluvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Ushbu sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar tegishli fan bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida test sinovlarisiz va qo‘shimcha ball berilgan holda qabul qilinadi. Tegishli fandan beriladigan ball fanlar majmuasida mazkur fan mavjud bo‘lgan abituriyent tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘rinli hisoblanadi. Hozirda milliy sertifikatlash tizimi ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha joriy etilgan.
Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori. Qo‘llanishi: Asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichida 1–3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi elektron sertifikat beriladi va u uch yil muddat davomida amal qiladi. Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilarga ixtisoslik fani sifatida matematika fanidan maksimal ball olish huquqi beriladi.
Imtiyozlardan foydalanish uchquyidagi shartlarga e'tibor bering: