Loading...

Imtiyoz Kategoriyalari

9
Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti

“Nihol” mukofoti sohiblari

Huquqiy asosi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-avgustdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti to‘g‘risida” nizom. 2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizom. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori. Qo‘llanishi: “Nihol” mukofoti sovrindorlari Madaniyat vazirligining taqdimnomalariga muvofiq Davlat komissiyasining qarori bilan madaniyat, san’at yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadilar (ansambl, jamoa sifatida ishtirok etganlar bundan mustasno). Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi.

Mas’ul vakolatli davlat organi:
  • Mas’ul vakolatli davlat organi: Madaniyat vazirligi
10
Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti

Madaniyat vazirligining respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari

Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori. Qo‘llanishi: Madaniyat vazirligining “Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblarining bir nafardan yakka ijrochilari tegishli yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining bakalavriat bosqichiga qabul kvotasiga qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi. Ushbu respublika ko‘rik-tanlovlari: – Xalq cholg‘ulari ijrochilari” ko‘rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2019-yilning iyun oyida; – Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” ko‘rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2019-yilning oktabr oyida; – Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” ko‘riktanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2020-yilning aprel oyida o‘tkaziladi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi

Mas’ul vakolatli davlat organi:
  • Mas’ul vakolatli davlat organi: Madaniyat vazirligi
11
Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari

Huquqiy asosi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida” 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori. Qo‘llanishi: “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga, oliy o‘quv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura bosqichiga tegishli yo‘nalish bo‘yicha kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar. Bunda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga qo‘shimcha davlat grantlari asosida qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi

Mas’ul vakolatli davlat organi:
  • Mas’ul vakolatli davlat organi
12
Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari

Huquqiy asosi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida” 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori. Qo‘llanishi: “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga, oliy o‘quv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura bosqichiga tegishli yo‘nalish bo‘yicha kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar. Bunda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga qo‘shimcha davlat grantlari asosida qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi.

Mas’ul vakolatli davlat organi:
  • Mas’ul vakolatli davlat organi
Oldingi Keyingi
⚠️

Muhim Eslatmalar

Imtiyozlardan foydalanish uchquyidagi shartlarga e'tibor bering:

  • Imtiyozlar faqat davlat OTMlariga kirishda amal qiladi
  • Imtiyozlar bir-birini to'ldirmaydi (faqat bittasi tanlanadi)
  • Barcha imtiyozlar uchun tegishli hujjatlar talab qilinadi
  • Imtiyozlar har yili yangilanadi va o'zgarishi mumkin
  • Ariza topshirish vaqti cheklangan bo'lishi mumkin

Ko'p So'raladigan Savollar

Imtiyozlardan bir vaqtning o'zida nechtasidan foydalanish mumkin? +
Qonunga ko'ra, abituriyent bir vaqtning o'zida faqat bitta imtiyozdan foydalanish huquqiga ega. Agar siz bir nechta imtiyozga ega bo'lsangiz, eng yuqori imtiyozni tanlashingiz kerak.
Imtiyoz hujjatlarini qachon topshirish kerak? +
Imtiyoz hujjatlari abituriyent tanlagan OTMning qabul komissiyasiga ariza topshirish bilan bir vaqtda taqdim etilishi kerak. Muddati o'tib ketgan hujjatlar qabul qilinmaydi.
Imtiyozlar maxsus kvota bilan bog'liqmi? +
Ba'zi imtiyozlar maxsus kvotalar bilan bog'liq (masalan, nogironlar uchun), boshqalari esa umumiy tanlovda qo'llaniladi. Har bir OTMning o'z kvota qoidalari mavjud.