SamDU Urgut filial direktori v.v.b. Shavkat Berdiyev yangi o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Maqola haqida qisqacha:
Yangi o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
SamDU Urgut filial direktori v.v.b. Shavkat Berdiyev yangi o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida filial direktori talabalarga yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim jarayonidagi ustuvor yo‘nalishlar hamda ilm-fan sohasida erishilayotgan yutuqlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ota-onalarga farzandlarining ta’lim-tarbiyasi, ularning mas’uliyati va kelajakdagi imkoniyatlari borasida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, filial direktori “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya yangi O‘zbekiston poydevori” shiori ostida tashkil etilgan “Mustaqillik darsi” larida ishtirok etib, talabalar bilan samimiy muloqot qildi. Qolaversa, o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va kelajakka bo‘lgan ishonch haqida so‘z yuritdi.