SamDU Urgut filialida yangi o‘quv yili tantanali tarzda boshlandi!

Maqola haqida qisqacha:

SamDU Urgut filialida “Ma’rifat bilan yuksalish sari” shiori ostida 1-kursga o‘qishga qabul qilingan talabalar hamda ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar va filial ishchi-xodimlari ishtirokida “Talabalikka bag‘ishlov – 2025” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

amDU Urgut filialida “Ma’rifat bilan yuksalish sari” shiori ostida 1-kursga o‘qishga qabul qilingan talabalar hamda ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar va filial ishchi-xodimlari ishtirokida “Talabalikka bag‘ishlov – 2025” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. ⏺ Mazkur tadbirni filial direktori v.v.b. Shavkat Berdiyev kirish so‘zi bilan ochib, barcha talaba-yoshlarni avvalo Mustaqilligimizning 34 yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi. “Bugun biz barchamiz uchun quvonchli, esda qolarli kunlardan biridir. Zero, yangi o‘quv yili boshlanishi – bu nafaqat ilm maskanlarida yangi sahifa ochilishi, balki har bir talabaning kelajak sari tashlagan dadil qadami hamdir. SamDU Urgut filiali jamoasi sifatida biz bu yilgi o‘quv yilini “Ma’rifat bilan yuksalish sari” shiori ostida boshlashimiz bejiz emas. Chunki ma’rifat – insonni komillikka eltuvchi eng ulug‘ kuch, jamiyat taraqqiyotining tayanchi va ertangi kunimizning mustahkam poydevoridir. Bugungi “Talabalikka bag‘ishlov – 2025” tadbiri siz, aziz talabalar uchun unutilmas daqiqalardan biri bo‘lishiga ishonaman. Chunki endi siz faqatgina talaba emas, balki buyuk orzulari va mas’uliyatli vazifalari bor yoshlar safidasiz. Aziz talabalar! Sizga berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishingizga ishonamiz. Kelgusida sizning yutuqlaringiz, ilmiy izlanishlaringiz va tashabbuslaringiz SamDU Urgut filialining faxriga aylanadi.” — dedi filial direktori v.v.b. Shavkat Berdiyev. ✨ Tadbir davomida bir nechta iqtidorli talabalar filial direktori tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Barcha yangiliklar