SamDU Urgut filialida xalqaro hamkorlik

Maqola haqida qisqacha:

Filialda Turkiyaning nufuzli Mug‘la Sitki Kochman universitetidan o‘quv jarayonlariga jalb qilingan ikki nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv va muloqot tashkil etildi.

SamDU Urgut filialida xalqaro hamkorlik sari yangi qadamlardan biri! Filialda Turkiyaning nufuzli Mug‘la Sitki Kochman universitetidan o‘quv jarayonlariga jalb qilingan ikki nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv va muloqot tashkil etildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar o‘z tajribalarini taqdim etib, xalqaro ta’lim amaliyotlari, innovatsion metodlar hamda o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha qimmatli fikr-mulohazalarini bildirishdi. SamDU Urgut filiali professor-o‘qituvchilari uchun bunday uchrashuvlar nafaqat bilim va tajriba almashish, balki xalqaro do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu jarayon filialda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarimizning ilmiy salohiyatini oshirish va ularga xalqaro tajribadan bevosita bahramand bo‘lish imkonini yaratishda muhim qadam bo‘ldi.
Barcha yangiliklar