SamDU Urgut filialida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Maqola haqida qisqacha:
Tadbirni filial direktori v.v.b. Shavkat Berdiyev kirish so‘zi bilan ochib, ustozlik kasbi jamiyat hayotida tutgan o‘rni, yosh avlodni tarbiyalashdagi beqiyos xizmatlari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ustozlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va sharafli faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi
Tadbirni filial direktori v.v.b. Shavkat Berdiyev kirish so‘zi bilan ochib, ustozlik kasbi jamiyat hayotida tutgan o‘rni, yosh avlodni tarbiyalashdagi beqiyos xizmatlari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ustozlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va sharafli faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi.
“Hurmatli ustoz va murabbiylar! Bugun sizlarning kasb bayramingizni keng nishonlamoqdamiz. Ustoz – bu hayot yo‘lida yo‘lchi yulduz, yoshlar qalbiga ezgulik urug‘ini sochuvchi, tafakkurlariga nur baxsh etuvchi insondir. Sizlarning fidoyiligingiz tufayli yurtimiz ertangi kuni ishonchli qo‘llarda. Bizning eng katta boyligimiz — bu bilimli, komil, vatanparvar yoshlar, ularni tarbiyalashda sizlarning xizmatlaringiz beqiyosdir. Shu munosabat bilan sizlarga chuqur minnatdorlik bildiraman va bayramingizni samimiy muborakbod etaman.” — dedi Shavkat Berdiyev.
Shuningdek, tadbir davomida badiiy chiqishlar, she’r va qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir samimiy bayramona ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.